Joriy yilning 6-oktabr kuni Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida “Inson huquqlari-erkinlik, adolat va farovon hayot kafolati!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Inson huquqlari-har bir insonning erkin, munosib va farovon hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan huquq va erkinliklar majmuasidir.Har bir insonning huquqi, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi- adolatli jamiyatning muhim mezonidir. O‘z huquqlarini bilish, ularni hurmat qilish va boshqalarning huquqlariga befarq bo‘lmaslik barchamizning vazifamizdir.Keling, huquq va erkinliklarimizni qadrlaylik, bir-birimizning huquqlarimizni hurmat qilaylik!
Davra suhbatida 26 nafar kitobxon ishtirok etdi.

