“Hayot davomida o’qish” loyihasi: Jojo Moyesning “To seni topgunimcha” asari

Joriy yilning 5-oktabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi o’quv zalida kitobxonlikni keng targ’ib qilish hamda kitobxonlarni kitobga jalb etish maqsadida “Hayot davomida o’qish” loyihasi asosida Jojo Moyesning “To seni topgunimcha” kitobi o’qish uchun tavsiya qilindi.
Jojo Moyesning «To seni topgunimcha» romani inson xarakterining rangli bo‘yoqlari aks ettirilgan asar bo‘lib, unda har bir obrazning ichki kechinmalari o‘zgacha talqinda ochib beriladi. 26 yoshli Luiza Klarkning badavlat oilaga enaga bo‘lib ishga kirishi va baxtsiz tasodif tufayli nogironlik aravachasiga mixlanib qolgan Uill Treynorda qayta yashashga muhabbat uyg‘otishi, eng muhimi, Patrikdan ko‘ngil uzib, majruh yigitni sevib qolishi rangin bo‘yoqlarda chizib beriladi. Roman kitobxonni qizg‘in mushohadalarga chorlaydi.
Tadbirda 27nafar yosh kitobxon ishtirok etdi.