Joriy yilning 8-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markaziga Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti 1-kurs Ijtimoiy Tarix yo‘nalishi talabalari kutubxona bilan tanishish maqsadida ekskursiyaga kelishdi.
Ekskursiya jarayonida talabalar Axborot-kutubxona markazining faoliyati, boy adabiyot fondi va zamonaviy o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda kutubxonada mavjud adabiyotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kutubxona xodimlari talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, kitob va elektron resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar berdilar.
Ekskursiyada 31 nafar talaba ishtirok etdi.

