Joriy yilning 31-iyul kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida “Uch avlod” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

#Chirchiq_shahar_AKM
Joriy yilning 31-iyul kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida “Uch avlod” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi, Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini faollari,Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari, o‘rta avlod vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida Axborot-kutubxona markazi kasaba uyushmasi raisi G. Qosimova so‘zga chiqib, yoshlar bilan “Uch avlod” mavzusida samimiy suhbat olib bordi. Suhbat davomida Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.
Sa’nat va madaniyat instituti professori Bayturaev Toychibay Dosatovich so‘zga chiqib, ta’limning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ilm olishning ahamiyati hamda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi zarurligi haqida mazmunli ma’ruza qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal  | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book