Kitob tavsiyasi

#Chirchiq_shahar_AKM
#JyulVern
#On_besh_yoshli_kapitan
#KitobTavsiyasi
📖 Men bu kitobni ayniqsa o‘smirlarga va sarguzashtsevarlarga tavsiya qilaman, chunki unda nihoyatda qiziqarli va hayajonli voqealar tasvirlangan. “O‘n besh yoshli kapitan” orqali yoshlar qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, do‘stga sodiq bo‘lish va har qanday og‘ir vaziyatda ham irodani yo‘qotmaslik kerakligini tushunib oladilar.

Kitobning tili ravon va voqealar rivoji shiddatli bo‘lgani uchun uni o‘qish juda maroqli. Har bir o‘quvchi bu asarni o‘qib, Dik Sendning mardligi va zukkoligidan o‘ziga katta hayotiy xulosa olishi mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal  | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book