
Joriy yilning 23 aprel kuni soat 12:00 da kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi o’quv zalida 14-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi hamkorligida “O’zbekiston kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” munosobati bilan kutubxona bo’ylab sayohat bòlib òtdi. 📜Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash, ularning qalbida pok insoniy tuyg‘ular va yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kutubxonalarning o‘rni nihoyatda katta. Kitob insoniyat tarixidagi eng ajoyib mo‘jizadir. Kutubxona esa insonlar uchun ajoyib dunyolar, tarix, madaniyat va bilimlar eshiklarini ochib beradi. Mutaxassislar tomonidan kitob va kutubxonalarning paydo bo’lishi, undan qanday foydalanish kerakligi haqida suhbat o’tkazildi. Bolalar uchun yangi nashr etilgan ensiklopediyalar, badiiy va ertak kitoblar o’qish uchun tavsiya qilindi. https://t.me/bookofzuu https://t.me/elektronkitob_chirchik https://t.me/elektronkitob_chirchik
O'xshash maqolalar
Yangilik
Joriy yilning 26-iyun kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida xotin-qizlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 26-iyun kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa...
Batafsil
Yangilik
📚 Joriy yilning 17-aprel kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida, “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitobsevar ona-dono farzand tarbiyachisi” shiori ostida kitobxonlik haftaligi yakunlanishi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil
Yangilik
“Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan “Oʻzbek, jahon, rus xalq ertaklari” mavzusida kitob koʻrgazmasi
Joriy yilning 29-iyul kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Xalqlar doʻstligi kuni" munosabati bilan "Oʻzbek, jahon,...
Batafsil
