“Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan “Oʻzbek, jahon, rus xalq ertaklari” mavzusida kitob koʻrgazmasi

Joriy yilning 29-iyul kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan “Oʻzbek, jahon, rus xalq ertaklari” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Tadbir Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Toshkent viloyati Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi “Qaldirgʻoch” maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazildi. Unda jajji kitobxonlarga oʻzbek xalq ertaklarining mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda milliy qadriyatlarni asrashdagi oʻrni haqida qisqacha maʼlumot berildi. Tadbir davomida bolajonlar sevib tinglagan ertaklarini qiziqarli tarzda soʻzlab berib, faol ishtirok etdilar.
Kitob koʻrgazmasida “Qaldirgʻoch” maktabgacha taʼlim tashkilotining 18 nafar tarbiyalanuvchisi ishtirok etdi.