BAYRAM TABRIGI!
Kitobxonlar izzat topmoqda,
Ulug‘lanib zamon mavjida.
Titrayapti negadir qo‘lim,
Toldimikan qarsak avjida.
Mashxur kutubxonalar dong‘i
Zamonlarni teshib o‘tgan o‘q.
Ammo biror qadim manbada
Hamkasbimiz haqida so‘z yo‘q.
Minglab kitob qo‘lyozmalarni
Asragandir yetib bardoshi.
Nomi nima, nishoni nima?
Necha chaqa bo‘lgan maoshi?
Martabasiz, unvonsiz balki,
Kun kechirgan xokisor, yakkash.
Hafa bo‘lmang hamkasbim bizga
Bobomeros eslanmay yashash.
Azal-abad bo‘lganmiz shunday,
Ko‘ngli, ko‘zi hamisha to‘qmiz.
Zamonaviy muhim kasblarning
Ro‘yhatida hattoki yo‘qmiz.
Ko‘ngil so‘rab, hazillar bilan
Ardoqlaymiz bir birimizni.
Hammasi zo‘r bo‘lar, tushiga
Kirsak agar vazirimizni.
Vazifamiz kitob ulashib,
Dilga ziyo cho‘g‘in solamiz.
Kitob so‘zi bilan toabad
Ko‘rinmasdan mangu qolamiz.
21.05.2024
