#Chirchiq_shahar_AKM
✨Joriy yilning 4-avgust kuni Chirchiq shahar Kutubxona markazida Mahallalar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida mahallaning jamiyat hayotidagi o’rni, aholi o’rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yoshlarni vatanparvarlik, kitobxonlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📚Shuningdek, ishtirokchilar mahalla va kutubxona hamkorligini yanada rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini keng targ’ib etish borasida o’z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida barchaga Mahallalar kuni munosabati bilan ezgu tilaklar bildirilib, mahallalarimizda tinchlik-osoyishtalik, ahillik va farovonlik doimo hukm surishi tilab qolindi.
👥Davra suhbatida 29 nafar kitobxonlar ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

