👥 Joriy yilning 24 aprel kuni kitobxonlikni keng targ‘ib etish kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari “O‘zbekiston kitobxonlar yurti” shiori ostida, Respublikada “KITOBXONLIK HAFTALIGI” doirasida, Chirchiq shahar “Nuroniylar” jamg’armasiga tashrif buyurishdi. U yerdagi ko‘chma kutubxonaga yangi kitoblar taqdim etishdi.