Butunjahon oila kuni

Joriy yilning 15 may kuni kitobxonlikni keng tarģib qilish, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Chirchiq shahar axborot kutubxona markazida “Butunjahon oila kuni” munosobati bilan “Mustahkam oila -yurt tayanchi” shiori ostida davra suhbati bòlib òtdi.

Zero, yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek bolalar ota-onalaridan ibrat olib ulgʻayishadi. Uni kitob oʻqishga oʻrgatishni istasangiz, farzandingiz sizni ham kitob oʻqib oʻtirgan holatda koʻproq koʻrishi kerakligi haqida ham gapirib òtildi.

Mazkur tashkil etilgan davra suhbatda 20 nafar kitobxon ishtirok etdi