“Yaxshilik, mehr va insonylik – adabiyotning asl mohiyatidir”- Nodar Dumbadze.

Nodar Dumbadze asarlarida insoniylik, mehr-oqibat, do‘stlik, vatanparvarlik va hayotning murakkab jihatlari samimiy hamda ta’sirchan tarzda tasvirlangan. U o‘zining sodda, hayotiy va hazil-mutoyibaga boy uslubi bilan kitobxonlar mehrini qozongan.
Mashhur asarlari “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Quyoshni ko‘ryapman”,”Abadiyat qonuni”, “Oq bayroqlar”, “Xavotir”
Nodar Dumbadze nafaqat Gruziyada, balki sobiq ittifoq mamlakatlarida ham eng ko‘p o‘qilgan adiblardan biri bo‘lgan. Uning asarlari bugungi kunda ham insonparvarlik va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib etgani uchun qadrlanadi. “Insonni inson qiladigan eng buyuk fazilat — mehr-oqibatdir.” — bu g‘oya Nodar Dumbadze ijodining asosiy ruhini ifodalaydi.