Chirchiq shahar 2-sonli texnikumining 1-kurs IT-SERVIS  guruhi o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Joriy yilning 23-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida Chirchiq shahar 2-sonli texnikumining 1-kurs IT-SERVIS  guruhi o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Ishtirokchilar “Zukkolar” va “Bilimdonlar” jamoalariga bo‘linib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuv yakuniga ko‘ra, “Bilimdonlar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni, “Zukkolar” jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va faol ishtirokchilar Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi Xizmat kòrsatish xizmati mutaxassisi Qosimova Gulnora tomonidan maqtov yorlig’i hamda kitoblar bilan taqdirlandilar.Yoshlarning kitobga bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, muhim ahamiyat kasb etadi.
Zakovat intellektual o’yinida 25 nafar o’quvchi ishtirok etdi.

#Chirchiq_shahar_AKM #zakovat