“Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan “Tinchlik-bebaho ne’mat” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 21-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan “Tinchlik-bebaho ne’mat” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🕊Tinchlik-insoniyatning eng buyuk ne’mati, osoyishtalik esa bebaho boyligimizdir.Bugun dunyoning qaysidir burchagida kimdir tinch osmonni, xotirjam tongni, yaqinlarining bag‘rida uyg‘onishni orzu qilmoqda.Tinchlik-bu shunchaki urushning yo‘qligi emas. Tinchlik-bu bolaning qo‘rqmasdan kulishi, onaning farzandi uchun xavotir olmasligi, otaning oilasi bag‘riga eson-omon qaytishi, insonlarning ertangi kunga ishonch bilan qarashidir. Bugun biz bir haqiqatni yana bir bor eslaymiz: dunyoda eng katta boylik-tinch va osuda hayotdir. Chunki tinchlik katta so‘zlardan emas, avvalo har bir insonning qalbidagi yaxshilikdan boshlanadi.
Davra suhbatida 31 nafar yosh kitobxon  ishtirok etdi.