“Milliy qadriyatlar- millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 18-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida yoshlarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish va mustahkamlash maqsadida “Milliy qadriyatlar- millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Gulzor va Guliston  MFY xotin-qizlar faoli, mahalla vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan kashtachilik va milliy hunarmandchilik namunalari namoyish etildi. Ishtirokchilar milliy naqshlarning mazmun-mohiyati, ularning xalqimiz madaniyati va an’analaridagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Ayniqsa, qo‘l mehnati bilan yaratilgan nafis kashtalar orqali ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan mehnatsevarlik, sabr-toqat, did va mahorat kabi fazilatlar yosh avlodga ibrat sifatida namoyon etildi.
Tadbirda 25 nafar kitobxon yoshlar faol  ishtirok etdi.

 

O'xshash maqolalar

Yangilik

Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan”Tinch yurtda-kelajak quriladi” shiori ostida video rolik tayyorlandi.

[video width="1080" height="1080" mp4="https://chirchiq-kutubxona.uz/wp-content/uploads/2026/03/tinch-yurtda-kelajak-quriladi.mp4"][/video]

Batafsil
Yangilik

26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni.

Xalqaro Giyohvandlikka Qarshi Kurash Kuni: Sog‘lom Kelajak Sari Birgalikda! 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni....

Batafsil