Joriy yilning 9-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining nodir namunalaridan biri, mashhur qahramonlik dostoni “Kuntug‘mish” asariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
📖O‘zbek xalq og‘zaki ijodining nodir namunalaridan biri bo‘lgan “Kuntug‘mish” dostoni asrlar davomida xalqimizning ma’naviy boyligi sifatida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Kuntug‘mish va Xolbeka o‘rtasidagi samimiy muhabbat, sadoqat, mardlik va jasorat kabi yuksak insoniy fazilatlar tasvirlangan. Asarda qahramonlarning turli sinovlarga bardosh berishi, o‘z maqsadi va sevgisiga sodiq qolishi ta’sirchan voqealar orqali yoritiladi. Kuntug‘mish obrazi mardlik, jasorat, va’daga vafo va el-yurtga sadoqat timsoli sifatida gavdalanadi. Xolbeka esa oqilalik, matonat, sadoqat va go‘zallik kabi yorqin obrazlardan biridir.
Davra suhbatida 31 nafar yosh kitobxon ishtirok etdi.

09.09.2026
