#Çirçiq_şahar_AKM
📚 Joriy yilning 23-noyabr kuni Çirçiq şahar Axborot-kutubxona markaziga Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali 2-kurs talabalari kutubxona bilan tanişiş maqsadida ekskursiyaga taşrif buyurdilar.
👤Talabalar taşrif davomida Axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitobxonlar uçun yaratilgan imkoniyatlar va xizmat turlari bilan yaqindan tanişdilar. Ularga kutubxonaning kitob fondi, zamonaviy öquv zallari, adabiyotlardan foydalaniş qoidalari hamda kitobxonlarga körsatilayotgan xizmatlar haqida atrofliça tuşunça berildi. Kutubxona böylab taşkil etilgan tanişuv sayohati davomida talabalar, ayniqsa, öz mutaxassisliklariga oid tibbiy adabiyotlar va badiiy asarlarga alohida qiziqiş bildirdilar. Özlari uçun zarur bölgan kitoblarni tanlab, mutolaa qiliş uçun kutubxonadan olişdi hamda kitobxonlar safiga qöşildilar.
👥Ekskursiyada 20 nafar talaba iştirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

