Joriy yilning 8-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida Buyuk mutafakkir, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan uning “Tanlangan asarlar” to‘plamiga bag‘ishlangan kitob ko’rgazmasi o‘tkazildi.
📖Buyuk mutafakkir va g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning “Tanlangan asarlar” to‘plami-o‘zbek adabiyotining bebaho durdonalaridan biridir. Ushbu to‘plamda shoirning insonparvarlik, ezgulik, adolat, ilm-ma’rifat va komillik kabi yuksak g‘oyalarni tarannum etuvchi sara asarlari jamlangan. Alisher Navoiy ijodi asrlar o’sha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay, kitobxonlarni ezgulikka, ilm olishga va ma’naviy kamolotga chorlab kelmoqda. Navoiy asarlarini mutolaa qilish-buyuk tafakkur olamiga sayohatdir!
Kitob ko’rgazmasida 28 nafar yosh kitobxon ishtirok etdi.

