#Çirçiq_şahar_AKM

📚Joriy yilning 23-noyabr kuni Çirçiq şahar Axborot-kutubxona markazida «Butunjahon televidenie kuni» munosabati bilan «Kitob va televidenie-ma’rifat sari ikki yöl» şiori ostida davra suhbati bölib ötdi.
📺Davra suhbatida kitobxonlik madaniyati, televideniening jamiyat ma’naviy hayotidagi örni, yoşlar dunyoqaraşini şakllantirişda kitob va ommaviy axborot vositalarining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Şuningdek, sifatli axborotni tanlaş, körilgan va eşitilgan ma’lumotlarni tahlil qiliş, kitob mutolaasini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bir haqiqat yana bir bor öz tasdiğini topdi: inson faqat axborot bilan emas, tafakkur bilan yuksaladi. Köp narsani köriş mumkin, ammo uni anglaş uçun bilim kerak. Köp sözlarni eshitiş mumkin, ammo ularning mohiyatini tushuniş zarur.
👥Davra suhbatida 27 nafar talaba iştirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal  | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book