#Chirchiq_shahar_AKM
Joriy yilning 3-avgust kuni Chirchiq shahar axborot-kutubxona
markazida o‘zbek adabiyoti va jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan iste’dodli yozuvchi va jurnalist Maqsud Qoriyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan davra suhbati bolib o’tdi.
📚Maqsud Qoriyev o‘zining badiiy va publitsistik asarlari orqali kitobxonlar qalbidan chuqur o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir. Uning asarlarida Vatanga muhabbat, insoniylik, ezgulik, mehnatsevarlik hamda yuksak ma’naviy fazilatlar ulug‘lanadi.
✨Sermahsul ijodi, teran fikrlari va hayotiy qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Adibning boy adabiy merosi yosh avlodni kitobxonlikka, mustaqil fikrlashga va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
👥Davra suhbatida 28 nafar kitobxon ishitirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

