
Joriy yilning 23 aprel kuni soat 12:00 da kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi o’quv zalida 14-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi hamkorligida “O’zbekiston kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” munosobati bilan kutubxona bo’ylab sayohat bòlib òtdi. 📜Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash, ularning qalbida pok insoniy tuyg‘ular va yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kutubxonalarning o‘rni nihoyatda katta. Kitob insoniyat tarixidagi eng ajoyib mo‘jizadir. Kutubxona esa insonlar uchun ajoyib dunyolar, tarix, madaniyat va bilimlar eshiklarini ochib beradi. Mutaxassislar tomonidan kitob va kutubxonalarning paydo bo’lishi, undan qanday foydalanish kerakligi haqida suhbat o’tkazildi. Bolalar uchun yangi nashr etilgan ensiklopediyalar, badiiy va ertak kitoblar o’qish uchun tavsiya qilindi. https://t.me/bookofzuu https://t.me/elektronkitob_chirchik https://t.me/elektronkitob_chirchik
O'xshash maqolalar
Yangilik
📚 Spenser Jonson ”Qani Mening Pishloģim”
[video width="480" height="848" mp4="https://chirchiq-kutubxona.uz/wp-content/uploads/2026/04/video_2026-04-15_09-50-42.mp4"][/video]
Batafsil
