Joriy yilning 20-oktabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o’quv zalida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Hayot ilmi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida kitobxonlarga Artur Konan Doylning “So’nggi jasorat” nomli qissasi o’qish uchun tavsiya etildi.
Jinoyatchilarga qarshi kurashuvchi qahramonimiz va nihoyat, o’ziga mos raqib bilan ro‘baro keldi. Yovuz va ayyor professor Moriarti anchadan beri uning jinoyatlarini ochishga jahd qilib yurgan mashhur izquvarni yo‘q qilish payiga tushgan. Xolms ashaddiy dushmani bilan bo‘ladigan hal qiluvchi jangga kirishishi kerak. Xo’sh, sizningcha, ushbu ayovsiz olishuvda kim g‘olib chiqadi?
Tadbirda 29 nafar kitobxon o’quvchi ishtirok etdi.
#Chirchiq_shahar_AKM

