Joriy yilning 3-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida bolalar o‘rtasida shashka musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida yosh ishtirokchilar o‘zlarining ziyrakligi, tezkor fikrlash, qobiliyatlarini namoyon etdilar. Har bir yurish ortida puxta o‘ylangan qaror, har bir g‘alaba ortida esa bilim va intilish mujassam bo‘ldi. Shashka-bolalarda mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash, sabrli bo‘lish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ajoyib mashg‘ulotdir. Bunday musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Shashka musobaqasida 15 nafar o’quvchi ishtirok etdi.

03.09.2026
