Hakim Nazirning badiiy mahorati o‘zbek milliy koloritini to‘g‘ri va yorqin tasvirlashida, qishloq turmushidan olingan jonli va hayotiy voqea-detallarni ustalik bilan topishda yaqqol ko‘rinadi. Adib asarlarida bolalarning xalq mulkini ko‘z qorachig‘idek asrash xususidagi olijanob tuyg‘ulari, mehnatning shon-sharaf ish ekanligi haqidagi tushunchalari o‘zining jonli ifodasini topgan. U o‘zining “Yonar daryo” qissasini ham shu mahorat maktabi ta’siri ostida yaratdi. Yozuvchi bu asarida bola xarakterining shakllanishida oila va do‘stlar muhitining roli ham katta ekanligiga hammaning diqqatini jalb etgan.
01.05.2026
O'xshash maqolalar
Yangilik
“Kitobsevar Millat” IV Respublika KITOBXONLIK HAFTALIGI
Joriy yilning 22 aprel kuni kitobxonlikni keng tarģib qilish, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Chirchiq shahar...
Batafsil
