Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida Chirchiq shahar FVB boshqarmasi xodimlari ishtirokida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish maqsadida “Ma’naviyat qalqoni” nomli kitobxonlik musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yilning 22-iyun kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida Chirchiq shahar FVB boshqarmasi xodimi J. Baxromov hamda boshqarma xodimlari ishtirokida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish maqsadida “Ma’naviyat qalqoni” nomli kitobxonlik musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa yuqori saviyada va qizg‘in ruhda o‘tkazildi. Tadbir davomida FVB xodimlariga test savollari tarqatildi. Ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardilar va o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan uch nafar ishtirokchi tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Shuningdek, FVB boshqarmasi tomonidan Axborot-kutubxona markazi direktoriga ham tashakkurnoma topshirildi. Tadbir so‘ngida Axborot-kutubxona markazi nomidan FVB xodimlariga kitoblar sovg‘a qilindi.
Kitobxonlik musobaqasida FVBning 31 nafar xodimi ishtirok etdi.

O'xshash maqolalar

Yangilik

Yoshlar bizning kelajagimiz

Joriy yilning 8 iyun kuni Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi òquv zalida kitobxonlikni kengroq tarģib qilish...

Batafsil
Yangilik

Joriy yilning 31-iyul kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida “Uch avlod” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

#Chirchiq_shahar_AKM Joriy yilning 31-iyul kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida "Uch avlod" mavzusida uchrashuv bo‘lib...

Batafsil