Joriy yilning 25-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik tengdoshlari-muvaffaqiyatli yoshlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mustaqillik bilan tengdosh avlod-yurtimizning eng katta boyligi, bugungi kunning faol va tashabbuskor yoshlaridir. Ularning hayot yo‘li, erishgan yutuqlari, izlanishlari va kelajakdagi ezgг maqsadlari bugungi yoshlar uchun o‘ziga xos ibrat maktabidir.
Muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, ta’lim va kitobning inson hayotidagi o‘rni, maqsad sari intilish, qat’iyat va izlanishning ahamiyati haqida samimiy fikr almashildi. Yoshlarga o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yish va ularga erishish uchun tinimsiz harakat qilish zarurligi haqida qimmatli tavsiyalar berdilar.
Davra suhbatida 28 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdi.

