Aka-uka Grimmlarning “Dono Elze” kabi sara ertaklari orqali bolalar hayotda topqir bo‘lish, yengil-elpi xulosalarga berilmaslik, ortiqcha hayolparastlik va soddalikdan yiroq bo‘lish qanchalik muhimligini kulgili va ibratli vaziyatlar misolida chuqur anglab yetadilar.
Kitobning tili sodda, qahramonlarning harakatlari esa o‘quvchini darhol o‘ziga rom etadigan darajada qiziqarli bo‘lgani uchun uni o‘qish juda maroqli. Har bir kichik kitobxon bu ertaklarni o‘qib, zukkolikni o‘rganadi va har bir ishga aql bilan yondashish kerakligini tushunib oladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
