Ma’rifat va ijod bellashuvi: Kutubxonamiz vakillari nufuzli tanlovda hakamlik qilishdi!
2026 yil 5 sentyabr kuni Maxsus operatsiyalar kuchlarida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kutubxonachi” hamda “Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i” ko‘rik-tanlovining qo‘mondonlik bosqichida Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari munosib ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, ushbu mas’uliyatli tanlovda ishtirokchilarning bilim, zakovat va ijodiy salohiyatini adolatli baholash uchun xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari S. Gazibekova hamda xizmat ko‘rsatish mutaxassisi N. Nizamova hakamlar hay’ati a’zosi sifatida taklif etildilar.
Kasbiy mahorat va kitobxonlik targ‘ibotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tadbirlar yurtimizda ma’naviy muhitni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Hakamlik qilgan xodimlarimizga o‘z ishining ustalari sifatida yuksak e’tirof va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#Chirchiq_shahar_AKM #MaxsusOperatsiyalarKuchlari #EngYaxshiKutubxonachi #HakamlarHayati #Kitobxonlik #Ma_rifat
08.09.2026
