Jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar adib va pedagog Munavvar qori Abdurashidxonov xotirasiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Joriy yilning 24-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1-maydagi qaroriga muvofiq, “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar adib va pedagog Munavvar qori Abdurashidxonov xotirasiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Munavvar qori Abdurashidxonov xalqimizning ma’rifatli va ozod kelajagi uchun kurashgan, milliy ta’lim va taraqqiyot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan buyuk siymolardan biridir. U o‘z hayotini xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, yosh avlodni bilimli va vatanparvar etib tarbiyalashdek ezgu maqsadga bag‘ishladi. Ko‘rgazmadan Munavvar qori Abdurashidxonovning hayoti va ijodiy-ma’rifiy faoliyati, jadidchilik harakati hamda qatag‘on yillari tarixiga oid adabiyotlar o‘rin oldi.
Kitob ko’rgazmasida 30 nafar yoshlar ishtirok etdi