#Chirchiq_shahar_AKM
📚Joriy yilning 19-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida “Hayot davomida o‘qish” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” nomli kitobi o‘qish uchun tavsiya etildi.
📖Atoqli nemis yozuvchisi Eriх Mariya Remark ijodi bilan kitobхonlarimiz uning «Uch og‘ayni» romani orqali tanishganlar. Mana endi adibning yana bir mashhur romanini e’tiboringizga havola qilamiz. Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar obrazi orqali urush dahshatlarini boshidan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan.
👥 Tadbirda 26 nafar kitobxon yoshlar ishtirok e
tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book
