Bizning faxrimiz — bu bizning keksa yoshdagi oʻquvchilarimizdir.

Bugun sizlarga 3-kichik nohiyada joylashgan filialidagi ish jarayoni va ajoyib muhit haqida soʻzlab bermoqchimiz.

Bu yer hech qachon boʻsh turmaydi, aksincha, har doim kitobxonlar bilan gavjum!

Bizning faxrimiz — bu bizning keksa yoshdagi oʻquvchilarimizdir. Ular kutubxonamizning eng sodiq va faol mehmonlari. Yoshlari ulugʻ boʻlishiga qaramay, ular bilimga, yangilikka intilishda yoshlardan aslo qolishmaydi. Ularning har bir tashrifi, kitob tanlashdagi ishtiyoqi bizga katta quvvat bagʻishlaydi.  Lekin kutubxonamiz eshiklari barcha uchun ochiq! Bu yerda nafaqat faxriylarimiz, balki yosh kitobxonlarimiz, maktab oʻquvchilari ham maroq bilan vaqt oʻtkazishadi. Ular kelajak avlod, ular bizning ertangi kunimiz!

Kutubxonamiz nafaqat kitob berish maskani, balki turli avlodlar uchrashadigan, fikr almashadigan, bir-biridan oʻrganadigan haqiqiy maʼnaviyat oʻchogʻiga aylangan.

Siz ham 3-kichik nohiyadagi filialimizga tashrif buyuring, ajoyib muhitni his qiling va oʻzingizga yoqqan kitobni toping! Doimo sizni kutib qolamiz!