Joriy yilning 26-iyun kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida xotin-qizlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. 

Joriy yilning 26-iyun kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Haydar Maxsudov, xotin-qizlar faoli Z. Abdukarimova, Guliston MFY vakillari Z. Kenjayeva hamda G. Nurillayeva, shuningdek, Gulzor MFY vakili D. Sultonboyeva kutubxonamizga ekskursiya bilan tashrif buyurdilar.

Ekskursiya davomida mehmonlar kutubxonaning kitob fondi, zamonaviy xizmatlari, elektron resurslari, o‘quv zallari  hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.