Hakim Nazirning badiiy mahorati o‘zbek milliy koloritini to‘g‘ri va yorqin tasvirlashida, qishloq turmushidan olingan jonli va hayotiy voqea-detallarni ustalik bilan topishda yaqqol ko‘rinadi. Adib asarlarida bolalarning xalq mulkini ko‘z qorachig‘idek asrash xususidagi olijanob tuyg‘ulari, mehnatning shon-sharaf ish ekanligi haqidagi tushunchalari o‘zining jonli ifodasini topgan. U o‘zining “Yonar daryo” qissasini ham shu mahorat maktabi ta’siri ostida yaratdi. Yozuvchi bu asarida bola xarakterining shakllanishida oila va do‘stlar muhitining roli ham katta ekanligiga hammaning diqqatini jalb etgan.
01.05.2026
O'xshash maqolalar
Yangilik
📚 Joriy yilning 27-mart kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda kitobxonlarni kitobga jalb etish maqsadida Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabalari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chirchiq shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi D.Kasimova, Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi rahbari A.Xojekeyeva shuningdek kutubxona xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Toshkent viloyati” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
