Joriy yilning 17 aprel kuni Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi òquv zalida kitobxonlikni kengroq tarģib qilish maqsadida “Huquq bilimdonlari” shiori ostida davra suhbati va kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
Davra suhbatida Mamlakatimizda inson huquqi-shaxsning hayoti ehtiyoji, yashashi, komil topishi uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun bo’lgan xususiyatlari haqida kutubxona kitobxonlari ishtirokida mazmunli davra suhbat tashkil etildi.
Shuningdek Huquq jamiyat hayotining turli sohalari – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etishi haqida ham gapirib òtildi.
Davra suhbatida 46 nafar kitobxon ishtirok etdi.

