
Chirciq shahar axborot-kutubxona markazi sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy tabriklaydi! Bolalar — bizning kelajagimiz, jamiyatimizning eng qadrli boyligidir. Ularning ta’lim olishi, intellektual rivojlanishi va badiiy adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirish bizning eng asosiy vazifalarimizdan biridir.
Kitoblar bolalarning dunyoqarashini kengaytirib, ularda mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Biz barcha yosh kitobxonlarimizni yangi bilimlar cho‘qqisini zabt etishga chorlab qolamiz.
Bayram munosabati bilan kutubxonamizda bolalar uchun maxsus adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Barchangizni kutib qolamiz!
