11-iyul — Butunjahon aholi kuni! 🌍
Hozirda yer yuzida 8 milliarddan ortiq inson yashaydi. Bu ulkan raqamlar ortida esa eng sof, eng beg‘ubor qalb egalari — bizning bolajonlarimiz turibdi.
Kutubxonamizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ularning global demografik jarayonlar va ekologik madaniyat haqidagi tushunchalarini kengaytirish maqsadida «Biz sayyoramiz kelajagimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda kutubxonamizning faol yosh kitobxonlari va bolajonlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida quyidagi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
🔹 Dunyo aholisining o‘sish dinamikasi va bugungi kundagi global ko‘rsatkichlar;
🔹 Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni asrashda yoshlarning roli;
🔹 Kitobxonlik va bilim olishning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yakunida yoshlar uchun yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.


11-iyul — Butunjahon aholi kuni! 🌍
O'xshash maqolalar
Yangilik
Bugun, 21-may kuni mamlakatimizda ajoyib kasb bayrami — Kutubxonachilar kuni nishonlanmoqda! Muhtaram hamkasblar, aziz do‘stlar va kitobxonlar! Sizlarni kasb bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Kutubxonachilar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
[caption id="attachment_2301" align="alignnone" width="517"] 21-may rasman Kutubxonachilar kuni (Kutubxonachilar kuni) hisoblanadi. Ushbu kasb bayrami rasman 2019-yilda...
Batafsil
Yangilik
👥 Joriy yilning 9-aprel kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida Sohibqiron tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab, Chirchiq shahar 2-sonli texnikumi o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Batafsil
