Joriy yilning 9-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi o’quv zalida kitobxonlikni keng targ’ib qilish hamda kitobxonlarni kitobga jalb etish maqsadida “Hayot davomida o’qish” loyihasi asosida Jozef Redyard Kiplingning “Maugli” kitobi o’qish uchun tavsiya qilindi.
📖“Maugli”-Redyard Kiplingning mashhur asari bo‘lib, unda o‘rmonda bo‘rilar tomonidan tarbiyalangan bola-Mauglining hayoti va sarguzashtlari tasvirlanadi.
Maugli o‘rmonda turli hayvonlar bilan yashaydi. U Bagira (qora qoplon) va Baloo (ayiq)dan ko‘p narsalarni o‘rganadi. Uning eng xavfli dushmani-ayyor va yirtqich yo‘lbars Sherxon. Maugli jasorat, aql va do‘stlik yordamida ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tadi.
Tadbirda 29 nafar kitobxon ishtirok etdi.

