11-iyul — Butunjahon aholi kuni! 🌍

11-iyul — Butunjahon aholi kuni! 🌍
Hozirda yer yuzida 8 milliarddan ortiq inson yashaydi. Bu ulkan raqamlar ortida esa eng sof, eng beg‘ubor qalb egalari — bizning bolajonlarimiz turibdi.
Kutubxonamizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ularning global demografik jarayonlar va ekologik madaniyat haqidagi tushunchalarini kengaytirish maqsadida «Biz sayyoramiz kelajagimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda kutubxonamizning faol yosh kitobxonlari va bolajonlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida quyidagi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
🔹 Dunyo aholisining o‘sish dinamikasi va bugungi kundagi global ko‘rsatkichlar;
🔹 Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni asrashda yoshlarning roli;
🔹 Kitobxonlik va bilim olishning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yakunida yoshlar uchun yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.