Joriy yilning 18-iyun kuni Chirchiq shahar axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida “Oʻzbekiston ovozi” gazetasi mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 18-iyun kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida kitobxonlarni mamlakatimizning nufuzli nashrlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida “Oʻzbekiston ovozi” gazetasi mavzusida davra suhbati tashkil etildi. “Oʻzbekiston ovozi” — Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy gazetalaridan biri bo‘lib, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy nashri hisoblanadi. Gazetaning ilk soni 1918-yil 21-iyunda “Ishtirokiyun” nomi bilan chop etilgan. Gazeta mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy hayotiga oid dolzarb mavzularni yoritadi. “Oʻzbekiston ovozi” sahifalarida o‘zbek adabiyoti va jurnalistikasining yirik namoyandalari-Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor va Zulfiya kabi ijodkorlarning asarlari e’lon qilingan.