📚 Joriy yilning 15-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Gavharjon Ibodullayeva tavalludining 65 yilligi munosabati bilan ijodiy tadbir o‘tkazildi.

#Chirchiq_shahar_AKM

📚 Joriy yilning 15-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Gavharjon Ibodullayeva tavalludining 65 yilligi munosabati bilan ijodiy tadbir o‘tkazildi.
👤Gavharjon Ibodullayeva o‘zining sermazmun ijodi, samimiy she’rlari va betakror badiiy olami bilan o‘zbek adabiyoti va madaniy hayotida munosib o‘rin egallab kelayotgan ijodkorlardan biridir.  Shoiraning ijodida Vatanga muhabbat, ona siymosi, insoniylik, ezgulik, mehr-oqibat va hayot go‘zalligi kabi ezgu tuyg‘ular alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlari kitobxon qalbiga yaqinligi, samimiyligi va hayotiyligi bilan e’tiborlidir. 65 yosh-hayot va ijod yo‘lining go‘zal bir bekati. Bu qutlug‘ sana shoira uchun yangi ijodiy marralar, ilhom va ezgu niyatlar sari yangi qadam bo‘lishiga tilakdoshmiz.
👥Tadbirda 30 nafar talaba yoshlar  ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal  | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

O'xshash maqolalar

Yangilik

📚Xalqimiz qalbida abadiy muhrlangan buyuk siymo — Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov. U kishining fidokorona mehnati va ezgu g‘oyalari Vatanimiz taraqqiyotida abadiy yashaydi.

[video width="478" height="854" mp4="https://chirchiq-kutubxona.uz/wp-content/uploads/2026/01/islom-karimov-88-yilligi.mp4"][/video]

Batafsil
Yangilik

Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida Yosh kitobxonlar o‘rtasida Shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Joriy yilning 5-oktabr Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida Yosh kitobxonlar o‘rtasida Shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Axborot-kutubxona markazida...

Batafsil
Yangilik

“Huquq bilimdonlari” shiori ostida davra suhbati

Joriy yilning 17 aprel kuni Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi òquv zalida kitobxonlikni kengroq tarģib qilish...

Batafsil