#Chirchiq_shahar_AKM
📚Joriy yilning 4-sentabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o’quv zalida kitobxonlikni kengroq targ’ib qilish maqsadida “Inson huquqlari mavzusida “Inson qadri hamma narsadan ustun” shiori ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
👤Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, har bir insonning sha’ni, qadr-qimmati va manfaatlarini hurmat qilish, jamiyatda qonun ustuvorligi hamda adolat tamoyillarini qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish-nafaqat davlat va jamiyatning, balki har bir fuqaroning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
👥Kitob ko’rgazmasida 31 nafar kitobxon ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

