#Chirchiq_shahar_AKM
📚Joriy yilning 18-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona
markazida “Hayot ilmi” loyihasi
doirasida tadbir o’tkazildi. Tadbir
davomida Jonatan Svift ”Gulliverning sayohatlari” nomli
kitobi o’qish uchun tavsiya etildi.
📖XVIII asrning buyuk ingliz yozuvchisi Jonatan Svift (1667-1745) o‘zining “Gulliverning sayohatlari” nomli satirik romani bilan dunyoga dong taratdi.
Yozuvchi g‘azab va ehtiros bilan yozgan bu kitobida o‘zi yashagan davr Angliyasidagi mavjud davlat tuzumi, ijtimoiy tartib va xulq-atvorlar ustidan qattiq kuladi, ularni qoralaydi. Yozuvchi hokim sinflarning tekinxo‘r va munofiqligini, amaldor shaxslarning qabih va xudbinligini fosh qiladi. Bu kitobning ko‘plab sahifalari burjua va dvoryan Angliyasiga qarshi bitilgan bo‘lsa-da, lekin uning satirik kuchi , mohiyati shu kunlarda ham o‘z qimmatini saqlab qolgan.
👥Tadbirda 29 nafar kitobxon o’quvchi ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book

📚Joriy yilning 18-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida “Hayot ilmi” loyihasi doirasida tadbir o’tkazildi.
O'xshash maqolalar
Yangilik
📚 Joriy yilning 19-may kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda “Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Sog’lom hayot-baxtli kelajak garovi” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
[caption id="attachment_2284" align="alignnone" width="1024"] #Chirchiq_shahar_AKM📚 Joriy yilning 19-may kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib...
Batafsil
