📚Joriy yilning 21-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalqining mashhur qahramonlik dostoni-“Alpomish” asariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

#Chirchiq_shahar_AKM

📚Joriy yilning 21-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalqining mashhur qahramonlik dostoni-“Alpomish” asariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📖O’zbek xalq og‘zaki ijodining bebaho namunasi bo‘lgan “Alpomish” dostonining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Unda aks etgan mardlik, jasorat, vatanparvarlik, sadoqat, or-nomus va oilaviy qadriyatlar alohida ta’kidlandi. Yoshlar va kitobxonlar doston qahramonlarining jasorati, matonati va ezgu fazilatlari bilan yaqindan tanishdilar. Alpomishning yurtiga, oilasiga va yaqinlariga bo‘lgan sadoqati yosh avlod uchun chinakam ibrat ekani  qayd etildi. Zero, “Alpomish”-shunchaki doston emas. U asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan, xalqimizning qalbi, g‘ururi, or-nomusi va milliy o‘zligini o‘zida mujassam etgan buyuk ma’naviy xazinadir.
👤Davra suhbatida 31 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal  | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book