
Joriy yilning 8 may kuni kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi o’quv zalida 9-may xotira va qadrlash kuni munosobati bilan “Xotira Muqaddas – Xotira Sharaf” shiori ostida faol kitobxonlardan bòlgan Sharof bobo bilan davra suhbati bòlib òtdi hamda kutubxona markazi tamonidan esdalik sovĝa topshirildi.
Shuningdek xalqimiz qadim – qadimdan òz ajdodlarini munosib xotirlab kelgan. Bizning tinch, baxtiyor yashashimiz uchun hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yòlda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olamiz dedilar nuroniy otaxonimiz. Bizning tinch, baxtiyor yashashimiz uchun hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yo’lda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olamiz.
Mazkur tashkil etilgan tadbirda 23 nafar kitobxon ishtirok etdi.
08.05.2024
