Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab, “Amir Temur saltanatida xafsizlik xizmati” asari yuzasidan kitob ko‘rgazmasi.

Joriy yilning 14-iyul kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab, “Amir Temur saltanatida xafsizlik xizmati” asari yuzasidan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Amir Temur davlatni mustahkam boshqarish va tinchlikni saqlashda kuchli xavfsizlik tizimini yo‘lga qo‘ygan. Saltanatda ichki tartib, davlat siri va xalq osoyishtaligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etgan.

Razvedka va kuzatuv tizimi-Maxsus elchilar va ishonchli vakillar viloyatlardagi vaziyatni muntazam kuzatib, markazga tezkor ma’lumot yetkazgan. Pochta va aloqa xizmati-Maxsus choparlar tarmog‘i orqali farmonlar va muhim xabarlar qisqa muddatda mamlakatning turli hududlariga yetkazilgan.

 

Kitob koʻrgazmasida 28 nafar kitobxon ishtirok etdi.