#Chirchiq_shahar_AKM
Joriy yilning 27-avgust kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazida iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” vatanparvarlik va ma’rifat kuni doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning tarixiy va ma’naviy bilimlarini boyitish hamda Mustaqillik tarixini aks ettiruvchi adabiyotlarni keng targ‘ib qilishdan iborat. Kutubxonamizning faol yosh mutaxassisi Azmidinova Dildora Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda xalqimizning istiqlol sari bosib o‘tgan yo‘li haqida atroflicha so‘z yuritdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan qatnashib, tarixiy asarlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Davra suhbatida 31 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdi.

