Kitobxon onalar kuni

Joriy yilning 20 iyun kuni kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlarni kutubxonaga jalb qilish maqsadida Chirchiq shahar axborot – kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Ona kitobxon bo’lsa,farzandlar salohiyatli, ma’naviyatli bo’lib ulg’ayadi.Shu sababdan oilada onalarning kitobxonligini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Kutubxonaning faol kitobxonlaridan bo’lgan Hamzayeva Nigora o’z farzandlariga qanday kitoblar o’qib berishi hamda hozirgi davrda kitobning inson hayotidagi o’rni haqida mazmunli suhbat qurdik.
Shuningdek kutubxonamizda mavjud tarbiyaviy mazmunga ega bòlgan kitoblar haqida ma’lumotlar berib òtildi.
Davra suhbatda 21 nafar kitobxon ishtirok etdi.