Kitob tavsiyasi: Olmos kamar

? Men bu kitobni barchaga, ayniqsa hayot yo‘lini endi tanlayotgan yoshlarga tavsiya qilaman, chunki unda insoniylik, halollik va ma’naviy poklik eng oliy qadriyat sifatida tarannum etilgan.
“Olmos kamar” orqali kitobxonlar hayotdagi turli sinovlar, kasbiy va ruhiy ziddiyatlar girdobida ham o‘zligini yo‘qotmaslik, ota-ona oldidagi burch hamda el-yurt manfaatini har narsadan ustun qo‘yish qanchalik muhimligini chuqur anglab yetadilar.
Asarning tili ta’sirchan, voqealar va qahramonlarning ichki kechinmalari hayotiy tarzda ochib berilgani uchun uni o‘qish har birimizni jiddiy mulohazaga chorlaydi. Har bir o‘quvchi bu asarni o‘qib, qalbidagi ezgulik tuyg‘ularini yanada boyitadi va hayotda o‘zining munosib izini qoldirish haqida o‘ylay boshlaydi.

? Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Тelegram kanal  | Instagram |Facebook | Web sayt | Youtube | Telegram book