
Joriy yilning 17-aprel kuni Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi òquv zalida kitobxonlikni kengroq tarģib qilish maqsadida Oldos Hakslining “Ajib yangi dunyo” nomli kitobining taqdimoti bólib ótdi.
📚”Ajib yangi dunyo“ ingliz yozuvchisi Oldos Hakslining 1931-yilda yozilib, 1932-yilda nashr etilgan, distopik, ijtimoiy-fantastik romanidir. U fuqarolari aql-idrokka suyanuvchi, ijtimoiy iyerarxiya tartiboti qaror topgan futuristik butunjahon mamlakati toʻgʻrisida hikoya qiladi. Unda reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi taʼlim, ruhiyatga taʼsir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalaridagi ulkan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi. Bu jamiyatga birgina inson — asarning bosh qahramoni qarshi chiqadi.
👥Davra suhbatida 37 nafar kitobxon ishtirok etdi.
https://t.me/bookofzuuhttps://t.me/elektronkitob_chirchikhttps://t.me/elektronkitob_chirchik

