Joriy yilning 23-oktabr kuni Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida “Kitob-inson tafakkurining kaliti va ma’naviyat manbai” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazi direktori A.Xojekeyeva mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitob mutolaasining inson hayotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish hamda tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, o‘quvchilarga kitob o‘qishning foydalari, badiiy adabiyotning inson tarbiyasidagi o‘rni, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Suhbat davomida o‘quvchilar ham o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etib, sevib o‘qigan kitoblari, sevimli adabiy qahramonlari va mutolaadan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Davra suhbatida 28 nafar o’quvchi qatnashdi
Chirchiq shahar Axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida “Kitob-inson tafakkurining kaliti va ma’naviyat manbai” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
